Kelishilgan o'yinlar uchun vetnamlik 9 futbolchi bir umrga futboldan chetlatildi
Aslanov Jasurbek
22 may 2015, 17:44
Osiyo futbol kofederatsiyasi (OFK) kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani uchun uchun 9 nafar vetnamlik futbolchi bir umrga futbolga bog'liq faoliyatlardan chetlatildi.
Bu futbolchilar "Vassai Ninbin" jamoasi a'zolari edi. Dekabr oyida Vetnam futbol federatsiyasi ularni bir umrga futboldan chetlatgan edi. Endi esa OFK bu jarimani kengaytirdi va endi bu 9 futbolchi Osiyodagi o'yinlarda ham ishtirok etmaydi.