Kelesda O'zbekiston, Qozog'iston, Rossiya va Qirg'iziston jamoalari ishtirokida bolalar turniri o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
24 fev 2020, 15:22
Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi, Toshkent tuman jismoniy tarbiya va sport bulimi xamda BO'SM Toshkent tumani hamkorligida "Toshkent viloyati hokimi Kubogi"-2020 musobaqasi bo'lib o'tadi.

15-19 aprel kunlari o'tkaziladigan turnirda ishtirok etadigan jamoalar bilan tanishing:


1. Lokomotiv (Toshkent)

2. Bunyodkor (Toshkent)

3. BO'SM Toshkent tumani ( Keles shaxri, Toshkent viloyati)

4. Odil Axmedov FA (Toshkent)

5. Andijon FA (Andijon)

6. "Lokomotiv BFK" (Qo'qon)

7. Namangan FA (Namangan)

8. Toshkent FA (Toshkent)

9. BO'SM-16 (Toshkent)

10. Nasaf (Qarshi)

11. Devyatka (Rossiya)

12. Sayram (Qozog'iston)

13. Kayrat (Qozog'iston)

14. Ilbirs  (Qirg'iziston) 

15. Yangiyo'l FA (Toshkent viloyati)

16. FK Toj (Termiz)


"Ikkinchi marotaba o'tkazayotgan musobaqamizga bu safar MDH davlatlari ham qo'shiladigan bo'ldilar. 2019 yil avgust oyida birinchi o'tkazgan turnirimiz barchaga manzur keldi. Bundan ruhlangan tumanimiz hokimi keyingi musobaqalarga ham yordam berishini aytib o'tgan edilar. Mana bugun ikkinchi turnir haqida Sizlarni xabardor etayapmiz. Maqsadimiz, Toshkent viloyatiga yana avvalgi futbolni qaytarish", - deydi Toshkent tumaniga tegishli BO'SM bosh murabbiyi Damir Ismagilov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/kelesfc