Keyingi haftada Xavining "Barselona"dan ketishi ma'lum qilinadi

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2014, 12:45
Xavi "Barselona"dagi do'stlariga klubdan ketayotganini ma'lum qildi.
Marca nashrining xabariga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi JCH-2014dagi ishtirokini rasman yakunlaganidan so'ng bu haqda rasmiy ma'lumot chiqadi.

"Qizil furiya" Gollandiya va Chiliga mag'lub bo'lib guruhdan chiqish imkoniyatini yo'qotdi.

Xavi katta ehtimol bilan faoliyatini "Al-Arabi"da davom ettiradi.

"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisi bo'lgan futbolchi uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil etib bermoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru