

"Uigan"ga qarshi o'yindan so'ng yakshanba kuni jarohatlanganlar ro'yxatiga Ben Uayt va Rikkardo Kalafori qo'shildi.
Kalafor asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak edi, ammo u o'yin oldi mashg'ulot paytida jarohat oldi. Uayt esa o'yinning oxiriga 10 daqiqa qolganda maydonni tark etdi.
"Kalafor va Ben bo'yicha hali shubhalar bor, - dedi “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta. - Keyingi 48 soat ichida vaziyat qanday rivojlanishini kutamiz".
Shuningdek, o'yinni Martin Edegor o'tkazib yubordi. U payshanba kuni "Brentford"ga qarshi o'yinda olgan jarohati tufayli safda yo'q edi.
.



