Kechagi kun qahramonlari. Valbuena va boshqalar FOTO

Narzulla Saydullayev
5 sen 2015, 15:44
Kecha Yevropa chempionati saralashi doirasidagi va o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tdi.


Farer orollari - Shimoliy Irlandiya 1:3

Qahramon: Mehmonlar vakili Garet Makauli autsayder jamoa darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. 


Serbiya - Armaniston 2:0

Qahramon: Maydon egalari yarim himoyachisi Adem Lyayichning ikkinchi bo'lim boshida urgan goli yakuniy natijani o'rnatdi.


Gretsiya - Finlandiya 0:1

Qahramon: Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Xoel Poxyanpalo (#20)


Gruziya - Shotlandiya 1:0

Qahramon: Gruziyalik Valeri Kazaishvili (#8) o'yindagi yagona gol muallifi


Gibraltar - Irlandiya 0:4

Qahramon: Tajribali hujumchi Robbi Kin dublga erishdi va ketma-ket 18 yil terma jamoa safida gol urdi


Germaniya - Polsha 3:1

Qahramon: JCH-2014 finalida gol urgan Mario Gyotce kecha dublga erishdi


O'rtoqlik uchrashuvi. Portugaliya - Fransiya 0:1

Qahramon: Mate Valbuena jarima to'pidan gol urib EVRO-2016 mezbonlariga g'alaba keltirdi.


O'rtoqlik uchrashuvi. Portugaliya - Fransiya 0:1

Omadsiz: Fransiyalik hujumchi Nabil Fekir tizza mushaklarini shikastlab oldi va endigina boshlangan mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia