Kecha Jaloliddinovni tanqid qilgan Dmitriy Selyuk endi O'runovga "tosh otdi"

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2020, 12:01
Mashhur futbol agenti Dmitriy Selyuk o'zbekistonlik yana bir futbolchi haqida tanqidiy fikrlarini bildirdi.

"Aqlingiz joyidami?! O'runov uchun 3,5 million?! "Navbahor"da 51ta o'yinda 3ta gol, "Lokomotiv"da yarim yilda bitta gol, "Ufa"da 10ta o'yin 0 gol. Yil ahmog'i bo'lish uchun kurash kechmoqdami? Ispaniya ko'chalarida bunday futbolchilar bir bog'lami 15 tiyin turadi. "Ufa"dagi 70 foiz Gazizov o'zi haqida bildirmoqda. Bundan boshlash uyatli.

Benito ham Toshkentning "Lokomotiv" klubida o'ynagan. Faqat u bepul kelgan. "Tambov"dagi ilk o'yinida "Zenit"ga gol urgandi. O'runov 10ta o'yinda umuman gol ura olmadi. 3,5 million?! Shunchaki ahmoqlar", - deb yozadi Dmitriy Selyuk tvittyerdagi o'z sahifasida.



Eslatib o'tamiz, Selyuk bir kun oldin Jasur Jaloliddinov haqida keskin fikrlar bildirgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia