Futbol agenti: "O'runov hech kimga kerak emas"

Narzulla Saydullayev
2 sen 2022, 16:30
Taniqli futbol agenti Dmitriy Selyuk Oston O'runov "Spartak"dan ketganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Hech qachon hech qayerda o'ynamagan futbolchiga nega qiziqayotganingizga tushunmayapman. Uning kelajagi bormi? Gazizovning "Ufa"siga qaytishmi? O'runov kimga kerak? Balki "Ural"ga borar. "Spartak"ka o'tganida u maoshiga loyiq emas edi. Hozir hech bo'lmaganda "Ufa" klubini ushlab turish masalasi hal bo'ldi. Ular har doim pul yo'q, deb yig'laydilar. O'runov hech kimga kerak emas. Bunday futbolchilar juda ko'p, – deya Selyukning so'zlarini keltiradi "Match TV". 

Eslatib o'tamiz, bugun "Spartak" klubi Oston O'runov bilan shartnomani bekor qilganini e'lon qildiO'zbekistonlik futbolchiga "Ural" jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar chiqdi.  

Selyuk 2020 yilda ham Oston O'runovni jiddiy tanqid qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Матч ТВ