

"Kiknadzening ("Lokomotiv" bosh direktori) navbatdagi xatosi. Belous uni ahmoq qildi. 1,7 metr bo'yli, ozg'ingina, kurashlarga asoslangan ligada hech qachon o'ynay olmaydi. U (Jasur Jaloliddinov) Yaqin Sharq yoki Osiyoga borishi kerak. Iltimos Belousning tarafkashlari uni Messi bilan taqqoslamang. Hech kimni xafa qilmoqchi emasman, lekin "Paxtakor" - "Bunyodkor" (5:0) uchrashuvini tomosha qilsangiz, kuchliroq raqibga qarshi bahsda bu mo'jizakor-futbolchi umuman ko'rinmaganini tushunish mumkin. Uning uchun 1 million to'lashga tayyorlar. Menimcha, Kiknadze va Belous pulni bo'lishib olishgan", - deb yozadi Dmitriy Selyuk tvittyerdagi o'z sahifasida.
Ma'lumot uchun, Selyuk ko'plab ukrainalik futbolchilarning agenti. Uning eng mashhur mijozi Yaya Ture bo'lgandi. Selyuk anchadan buyon Kiknadze bilan yaxshi munosabatda emas.



