Dmitriy Selyuk: "Jaloliddinov uchun beriladigan 1 millionni ikki kishi bo'lishib olgan shekilli"

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2020, 10:45
Mashhur futbol agenti Dmitriy Selyuk Jasur Jaloliddinovning Moskvaning "Lokomotiv" klubiga o'tishi haqida o'z fikrini bildirdi.

"Kiknadzening ("Lokomotiv" bosh direktori) navbatdagi xatosi. Belous uni ahmoq qildi. 1,7 metr bo'yli, ozg'ingina, kurashlarga asoslangan ligada hech qachon o'ynay olmaydi. U (Jasur Jaloliddinov) Yaqin Sharq yoki Osiyoga borishi kerak. Iltimos Belousning tarafkashlari uni Messi bilan taqqoslamang. Hech kimni xafa qilmoqchi emasman, lekin "Paxtakor" - "Bunyodkor" (5:0) uchrashuvini tomosha qilsangiz, kuchliroq raqibga qarshi bahsda bu mo'jizakor-futbolchi umuman ko'rinmaganini tushunish mumkin. Uning uchun 1 million to'lashga tayyorlar. Menimcha, Kiknadze va Belous pulni bo'lishib olishgan", - deb yozadi Dmitriy Selyuk tvittyerdagi o'z sahifasida.

Ma'lumot uchun, Selyuk ko'plab ukrainalik futbolchilarning agenti. Uning eng mashhur mijozi Yaya Ture bo'lgandi. Selyuk anchadan buyon Kiknadze bilan yaxshi munosabatda emas.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia