Kecha "Atletiko"ga gol urgan "Barselona" futbolchisi bu yil boshqa maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2025, 14:44
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo elka jarohati sababli yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi.

Olmo La Liga doirasida kecha bo'lib o'tgan "Atletiko"ga qarshi bahsda (3:1) jarohat oldi, u 65-daqiqada gol urgandan so'ng noqulay yiqilib tushdi. Ispaniyalik futbolchi o'yinni davom ettira olmadi, uning o'rniga maydonga Ferran Torres tushdi.

"As" va boshqa ispan nashrlarining ma'lumotiga ko'ra, Olmoning elkasi chiqib ketgan – "Barselona" yarim himoyachisi kamida to'rt haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Shu tariqa, u 2025 yil oxiriga qadar maydonga tushmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As