Kazemiro "Sautgempton"ga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin. Marsyal esa jarohat sabab maydonga tushmaydi

Administrator
27 avg 2022, 00:01
Bu haqida jamoa murabbiyi ma'lum qildi.

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag APL 4-turidan o'rin olgan "Sautgempton"ga qarshi o'yin oldidan tarkibdagi yo'qotish va o'zgarishlar haqida gapirdi.

"Kazemiro maydonga tushishga tayyor. U so'nggi kunlarda jamoa bilan bo'ldi va barcha mashg'ulotlarda qatnashdi. 

Marsyal esa tayyor emas. Uning oyog'ida muammolar bor. Biz biroz kutishimiz lozim. Taxmin qilolmayman. Ammo u "Lester"ga qarshi o'yingacha tayyor bo'lishiga umid qilaman", -deydi Erik ten Xag.

Ma'lumot uchun, "Sautgempton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports