

Yosh muxlislardan biri 28 yoshi futbolchidan jamoasining Ispaniya chempionati va YCHLda g'olib chiqish imkoniyatlari haqida savol berdi.
“Hozir qiyin davrni boshdan kechirayapmiz, ammo biz o'z ishimizni bajarishimiz lozim. Uyda qolishimiz va hukumat ko'rsatmalariga so'zsiz amal qilishimiz darkor. Albatta, biz Primero va YCHLda g'olib chiqishni istaymiz, ammo hozir bu haqda o'ylaydigan payt emas. Eng asosisysi koronavirus ustidan g'alabaga erishishmiz darkor”, deya Kazemironing so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Managing Madrid.
Qirollik klubi La Liga 27-turidan keyin turnir jadvalida ikkinchi pog'onani egallab turibdi. “Qaymoqranglilar” peshqadam “Barselona”dan ikki ochkoga ortda qolishmoqda. Jamoa shuningdek YCHL pley off bahslarida “Manchester Siti”ga qarshi ilk uchrashuvni o'kazib, o'z maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.



