Kayl Uoker: "Milan" bilan CHL yutish - orzuim. "Siti"dagi ishlar yaxshi emas edi"

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2025, 22:48
Kayl Uoker nega "Manchester Siti"dan "Milan"ga o'tganini tushintirib berdi.

- Nega "Milan"ni tanladingiz?

- Klub tarixi va Zlatan Ibragimovich menga aytib bergan loyiha tufayli.

"Milan" bilan Chempionlar ligasida g'olib bo'lish - orzu. Bu sovrinni "Manchester Siti" bilan qo'lga kiritganman va uni boy berganman. Ikkala vaziyatda ham bo'lishga ulgurdim.

Raqibga qarsak chalgandan, o'z nomingga olqishlar eshitgan yaxshi, ammo bu haqida keyinroq gaplashamiz, chunki hammasi Chempionlar ligasidagi yo'limizga bog'liq.

Bonus puliga to'xtaladigan bo'lsak, futbolni pul uchun o'ynamayman. "Manchester Siti"dagi ishlar yaxshi emas edi, "Milan"ga ko'proq o'ynash va ko'plab sovrinlar yutish uchun o'tdim.

"Siti"da 17ta sovrin yutgan bo'lsam, 34 yosh bo'lishimga qaramay to'xtab qolmoqchi emasman. G'alaba qozonishni maqul ko'raman" - dedi Uoker.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sempremilan.com