Kavani, Veratti, Lyakazett, Silva - Liga 1ning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzod

Aslanov Jasurbek
27 apr 2017, 21:17
Fransiya chempionati joriy mavsumining eng yaxshi futbolchisi uchun da'vogar 4 o'yinchi nomi ma'lum bo'ldi.

Da'vogarlar orasida Edinson Kavani, Aleksand Lyakazett, Marko Veratti va Bernardu Silva bor.

Kavani joriy mavsum Fransiya chempionatining 32 ta uchrashuvida 31 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi, Veratti esa 25 ta bahsda 2 ta gol urib, 4 ta golga hammualliflik qildi.

Bernardu Silva 32 ta uchrashuvda 6 ta gol va 8 ta assistent muallifiga aylandi, Lyakazett 27 marotaba maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com