Kavani Ibragimovichning rekordini yangilashi mumkinligi haqida gapirib o'tdi

Tolibjon Qosimov
5 dek 2017, 15:33
PSJ hujumchisi Edinson Kavani tez orada o'rnatishi mumkin bo'lgan to'purarlik rekordi haqida o'ylamayotganini aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, urugvaylik PSJ tarkibida 153ta gol urgan. Parijliklarning gol urish bo'yicha rekordchisi Zlatan Ibragimovich - 156 gol.

"Bu holat ertami-kech ro'y beradi. Albatta, bu yoqimli bo'ladi. Lekin, men bunday yutuqlarga va o'z ishimga qanday yondoshishimni hamma biladi. Men uchun birinchi o'rinda - jamoa, undan keyin shaxsiy yutuqlar", - dedi Kavani.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: A Bola