Kataloniya termasining Venesuelaga qarshi o'yin uchun qaydnomasi ma'lum

Mirjalol Normatov
19 mar 2019, 20:04
Venesuelaga qarshi o'yin uchun Kataloniya termasining qaydnomasi e'lon qilindi.

Eng qizig'i, ushbu ro'yxatdan Ispaniya termasida faoliyatini tugatgan Jerar Pike ham o'rin oldi.

Darvozabonlar: Masip ("Valyadolid"), Alberto Garsiya ("Rayo Valekano").

Himoyachilar: Jerar Pike ("Barselona"), Mark Munesa ("Jirona"), Mark Bartra ("Betis"), Didak Vila ("Espanol"), Martin Montoyya ("Brayton"), Aleks Moreno ("Rayo Valekano"), Aleish Vidal ("Sevilya").

Yarim himoyachilar: Xavi ("Al-Sadd"), Oskar Melendo ("Espanol"), Joan Jordan ("Eybar"), Oriol Romeu ("Sautgempton"), Pere Pons ("Granada"), Aleish Garsiya ("Rayo Valekano"), Aleks Granel ("Jirona"), Ruben Alkaras ("Valyadolid").

Hujumchilar: Serxio Garsiya ("Espanol"), Boyan Krkich ("Stok Siti"), Enrik Galego ("Ueska"), Jerar Deulofeu ("Uotford").

Kataloniya - Venesuela uchrashuvi 25 mart kuni Jironada o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal