Kassiaro Gibraltarning Evro-2020 saralashidagi ilk golini urdi. U 3 ta gol bilan terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi

16 okt 2019, 09:50
Gibraltar terma jamoasi Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Gruziyaga qarshi bahsda 2:3 hisobida engildi.

Uchrashuvda mezbonlar safidagi gollardan biriga Li Kassiaro mualliflik qildi. 38 yoshli hujumchi bu orqali terma jamoa safidagi gollari sonini 3 taga etkazdi. Natijada u Gibraltar termasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.

Qayd etish kerak, bu Gibraltarning Evro-2020 saralashidagi ilk goli edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenot Live