"Kaspiy kubogi-2014". O'zbekiston kecha qanday tarkib bilan o'ynadi?

Narzulla Saydullayev
31 may 2014, 08:02
Kecha Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "Kaspiy kubogi" musobaqasining 1-turida Qozog'iston ustidan yirik hisobda g'alaba qozongani haqida xabar berdik.
Ozarboyjon futbol Federatsiyalari Assotsiatsiyasi rasmiy sayti kechagi o'yinlar qaydnomalarini taqdim etdi.

Terma jamoamiz safida kecha Islom Kenjaboev, Yusuf Abdumajidov va Jonibek Ko'chimov dublga erishishdi. Ilhom Alijonov va Amin Fayzullaev bir martadan raqib darvozasiga gol urdi.

Kechagi bahsda bosh murabbiy jami 16 nafar futbolchini sinovdan o'tkazib oldi.


“Kaspiy kubogi-2014”

O'zbekiston – Qozog'iston 8:1
30 may 2014 yil. “Sumgayit” shahar stadioni.
Hakamlar:
Temur Farhodov, Munis Abdullaev, Elman Musaev, Toxir Ahmedov

Gollar: Baxtiyor Zayniddinov 8 - Islom Kenjaboev 6,70, Yusuf Abdumajidov 12,28, Jonibek Ko'chimov 17,64, Ilhom Alijonov 21, Amin Fayzullaev 80.
 
O'zbekiston: 1. Akrom Xo'jaev (12. Umid Ergashev, 75), 11. Aziz Joniev (15. Shohruh Mahmudxo'jaev, 57), 3. Ilhom Alijonov, 4. Hushdun Avilov, 5. Ozod Qurbonov, 6. Rahim Sharipov (14. Muhammad Ochilov, 60), 7. Jonibek Ko'chimov, 8. Islom Kenjaboev, 9. Yusuf Abdumajidov, 10. Suhrob Nurullaev (2.Shahzod G'ofurbekov, 69), 20. Jahongir Maqsudov (16. Amin Fayzullaev, 73)
Zaxirada qolganlar: 17. Mirzohid Egamberdiev, 22. Abdug'ani G'anijonov
Bosh murabbiy: Temur Olimxo'jaev

Ogohlantirishlar: Ramazon O'rozov, 32, Jandos Sultonov, 55, Alisher Saqinov, 63 - Ilhom Alijonov, 45, Islom Kenjaboev, 75


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia