Kasorlaning maydonga qaytishi yana ortga surildi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2017, 18:14
"Arsenal" yarim himoyachisi Santi Kasorlaning maydonga qaytishi to'qqizinchi operaciya tufayli ortga surildi.

Bu haqda futbolchi "Tvitter"dagi sahifasida e'lon qildi.

"So'nggi bir necha hafta operaciya qilingan joyda noqulaylik his qildim, shu sababli navbatdagi jarrohlik amaliyoti kerak. Aynan shu sababli safga qaytishim ortga suriladi. Hali qaytib, futboldan rohat olaman" - deyiladi xabarda.

So'nggi marta Santi Kasorla 2016 yil 15 oktyabr "Suonsi Siti"ga qarshi APLning 8-tur uchrashuvida maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com