Kasilyas “Real” tarkibida Chempionlar ligasi o'yinlarida ishtirok etish bo'yicha rekord o'rnatdi

6 noya 2013, 12:34
“Real” klubi darvozaboni Iker Kasilyas, Chempionlar ligasi o'yinlari doirasida “Yuventus”ga qarshi o'yinda maydonga tushib, ushbu musobaqada 133 o'yinini o'tkazdi.

Bu natija darvozabonga Chempionlar ligasida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha o'ziga xos rekordni qayd etishga va jamoaning afsonaviy hujumchisi Rauldan o'zib ketishga (132 ta o'yin) sababchi bo'ldi.

Kasilyas ushbu musobaqada 15 mavsumdan beri ishtirok etib keladi. Futbolchi CHL doirasidagi o'zining birichi o'yinini “Olimpiakos”ga qarshi o'tkazgan (3:3).


Manba: sports.ru