Kasilyas BAA klubiga ko'chib o'tishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
20 mar 2018, 16:15
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas faoliyatini BAAda davom ettirishga yaqin turibdi.

TMW nashri xabariga ko'ra, 36 yoshli darvozabon bilan BAAning "Al Nasr" jamoasi muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar ikki yillik shartnomaga og'zaki kelishib olishgan.

Kasilyasning "Portu" bilan shartnomasi shu mavsum tugaganidan keyin yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TMW