Kasilyas: "3 hafta oldin "Barselona" bilan bunday bo'lishiga ishonmagan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
19 apr 2016, 11:46
"Real" sobiq posboni, hozirda "Portu" sharafini himoya qilayotgan Iker Kasilyas "Barselona" muammolari haqida fikr bildirdi.

"Ayni damda "Barselona" kiyinish xonasidagi atmosferadan xabarim yo'q, chunki hech qachon u yerda bo'lmaganman. To'p darvozaga kiravermasa, inqiroz boshlanadi. 3 hafta oldin "Barselona" bilan bunday bo'lishiga ishonmagan bo'lardim. "Real" "Barsa"ga yaqin kelib olganidan va chempionlik uchun kurasha olishidan xursandman. Bir necha hafta oldin bu ilojsiz ish edi" - deydi Kasilyas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana