

O'tish bosqichi doirasida Yaponiya chempioni "Kashima Antlers" klubi Okeaniya chempioni hisoblangan Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti"ga qarshi o'ynaydi.
Uchrashuvni afrikalik hakamlar boshqarib borishadi.
"Kashima Antlers" - "Oklend Siti"
8 dekabr 2016. Yokogama. "Yokogama" stadioni. 15:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Janni Sikazve (Zambiya)
Qanot hakamlari: Jerson Dos Santos (Angola), Marva Range (Keniya)
Zaxira hakami: Bakari Gassama (Gambiya)



