Karvaxal uchun mavsum yakunlandi

Mirjalol Normatov
29 apr 2021
"Real" himoyachisi Dani Karvaxal YCHLning 1/2 finalida "Chelsi"ga qarshi dastlabki o'yinda mushaklaridan jarohat oldi.

Shu orqali himoyachi jamoasining oldindagi barcha o'yinlarini o'tkazib yuboradigan va mavsumni erta yakunlaydigan bo'ldi.

Agarda jamoasi "Chelsi" to'sig'idan o'tib, finalga chiqadigan bo'lsa ham, u o'yinda ishtirok eta olmasligi kutilmoqda.

Ushbu mavsumda ko'plab jarohatlar olgan ispaniyalik 13 o'yinda qatnasha oldi va ularda 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As