

Karvaxal, Modrich va Kazemiro JCH saralash o'yinlarini o'tkazib, "Real Madrid" bazasi hisoblangan "Valdebebas"ga mashg'ulotlar uchun yetib kelgan.
Garet Beyl hozircha klub bazasiga kelganicha yo'q.
Eslatib o'tamiz, uelslik futbolchi saralash bosqichi uchrashuvida jarohat olgani va shu sabab Belgiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi ma'lum qilingandi.



