

O'yin so'nggida ispaniyalik futbolchi jarohat oldi va 85-daqiqada almashtirildi. As nashri xabariga ko'ra, Karvaxal bu mavsumda mushagini jarohatlab olgan Realning hisob bo'yicha 16-futbolchisiga aylandi. Oldinroq jamoaning asosiy himoyachilari – Serxio Ramos, Marselo va Rafael Varan ham jarohat tufayli safdan chiqqandi.
Chorshanba kuni Real Ispaniya kubogi doirasida Kadis bilan o'ynaydi.



