Karrager: "Van Deyk xuddi yosh bolalarga qarshi o'ynayotgandek tasavvur qoldirmoqda"

Aslanov Jasurbek
4 mar 2019, 13:47
"Liverpul" sobiq futbolchisi, ayni damda televideniyada ekspertlik qilayotgan Jeymi Karrager "Everton"ga qarshi bahsdan so'ng, qizillar himoyachisi Virjil van Deykning o'yiniga baho berdi.

"Van Deykning "Everton" bilan uchrashuvdagi harakatlari hammani xursand qildi. U APLda mavsum futbolchisi bo'lishi kerak. Hozir bu haqida gapirishga ertadir, ammo van Deyk maydonda bo'lmasa "Liverpul" mag'lub bo'lishi mumkindek ko'rindi.

Chetdan qaraganda, kap-katta erkak yosh bolalar bilan o'ynayotgandek tasavvur uyg'otadi. Virjilga Yevropa va Premer-liganing top-futbolchilari qarshi chiqishmoqda, ammo u hammasini oson bajaryapti. Bazida unga haqiqiy imtihon yetishmayotgandek tuyiladi" - deydi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports