Karrager: "Ularning o'rnida bo'lganimda MYUdan bir mil nariroq yurgan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
22 apr 2022, 23:50
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted"ga o'tmasligi kerak bo'lgan futbolchilar haqida gapirdi.

"Rays va Billingemning o'rnida bo'lganimda "Manchester Yunayted"dan qo'ng'iroq bo'lsa, klubdan bir mil nariga qochgan bo'lardim. Ular MYUga o'tmasligi kerak", - dedi sobiq futbolchi.

Matbuotdagi mish-mishlarga ko'ra, "Vest Xem" futbolchisi Deklan Rays va Dortmundning "Borussiya"sida o'ynayotgan Jud Bellingem yozda "Manchester Yunayted"ga o'tishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph