Karpindan Shomurodov gol urganida nega jahli chiqqanini so'rashdi

Alisher
5 fev 2020, 10:20
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin Parimatch Premer Kubogi doirasidagi "Partizan" (3:1) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin sizni to'liq qoniqtirdimi?

- 70-daqiqaga qadar, aynan o'sha paytgacha barcha zaxiralarimizni ishlatib bo'lmagan edik. Umuman, olganda ha.

- Shomurodov uchinchi golni urganida siz juda ham norozi ko'rindingiz. Nega?

- To'g'risi, eslay olmayman. Ammo, men har doim nimadandir norozi bo'lganman.

- Normanning jarohati qanchalik jiddiy?

- Hali bilmayman. Ko'raylikchi. Menimcha bir yoki ikki oyga cho'ziladigan jarohat yo'q.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/fcrostov