

Moskva klubi ayni damda ushbu mavsumdan keyin iste'foga chiqishini ma'lum qilgan Domeniko Tedesko borasida yakuniy qarorga kelmagan.
"Match TV" xabariga ko'ra, 2009-2014 yillar davomida "Spartak"da ishlagan Karpin nomzodi bir necha variantlar ichida bor.
Karpin 2017 yildan buyon "Rostov"da ishlamoqda. O'tgan yili u klubi bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirgandi.



