Karlos Teves: "Mashg'ulotlarga Ronaldudan oldin kelishning imkoni yo'q edi"

Tolibjon Qosimov
13 apr 2020, 06:32
"Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves "Manchester Yunayted"da o'ynagan paytlari Krishtianu Ronaldu bilan birga o'tkazgan mashg'ulotlari haqida gapirdi.

"U hamma vaqtini sport zalida o'tkazardi. Agar biz ertalabki soat 9da mashg'ulot o'tkazishimiz kerak bo'lsa, men uni ortda qoldirishni xohlardim va 8da bazaga borardim. U esa allaqachon o'sha yerda bo'lardi. Men ertalabki 7 yarimda bordim, baribir u mendan oldin kelib bo'lgandi. O'zimga bu yigitni ortda qoldirishning imkoni bormi deb savol berdim. Shundan so'ng bir safar ertalabki soat 6da mashg'ulot (9da boshlanadi)ga borishga qaror qildim. Lekin, u allaqachon o'sha yerda edi. Kun hali yorishmagan, lekin u o'sha yerda edi", - deya Tevesning so'zlarini keltirdi "TMW".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: TMW