Karlos Teves "Boka Xuniors" bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2021, 11:49
Argentinalik hujumchi ko'zda yosh bilan jamoani tark etdi.

"Men "Boka Xuniors" bilan xayrlashyapman. Hayotimdagi eng qayg'uli kunlardan biri. "Boka Xuniors" – bu mening hayotim. Faoliyatimni yakunlamoqdaman deb ayta olaman, lekin uch oydan keyin ertalab uyg'onib, boshqa jamoada bo'lsa-da, yana o'ynashni xohlab qolishim mumkin. 

Men otamdan ayrildim, hatto uning o'limi uchun motam tutishga vaqtim bo'lmadi. Bugun men ota, o'g'il, aka bo'lishga e'tibor qaratishim kerak. Men oilamga kerakman", – dedi 37 yoshli Teves.

Karlos Teves 2018 yilning qishida "Boka"ga o'tgan edi. Bungacha u Xitoyning "Shanxay Shenxua", Italiyaning "Yuventus", Angliyaning "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Vest Xem" va boshqa klublarning ranglarini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN