Karlos Martines: "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynash - har qanday futbolchi orzusi"

Tolibjon Qosimov
5 noya 2013, 19:00
"Real Sosedad" himoyachisi Karlos Martines Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turi doiarsidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bunday darajadagi raqibga qarshi o'ynash - har qanday futbolchining orzusi. Har qanday ortiqcha o'y, fikrlarni bir chetga surib qo'yib, butun e'tibor va diqqatni ushbu o'yinga qaratish lozim va shundagina natijaga erishsa bo'ladi. Axir ushbu o'yin uzoq vaqtgacha yodda saqlanadi. Hozirgi vaqtda jamoa yaxshi kayfiyatda va biz "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinga tayyormiz", dedi Martines.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru