Karlo Anchelotti Kloppning o'rniga "Liverpul"ni boshqarishi mumkin bo'lganini aytdi

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2020, 14:42
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2015 yilda "Liverpul"ni boshqarishi mumkin bo'lganini aytib o'tdi.

"Bu "Real"dan ketganimdan so'ng bo'lgandi. Klub xo'jayinlari bilan suhbatlashganmiz. Ular yangi murabbiy izlashayotgandi. Lekin, ular Yurgen (Klopp)ni murabbiylikka tayinlab to'g'ri tanlov qilishgan deb o'ylayman.

U "Liverpul"da ajoyib ishlayapti. Barakalla", - dedi Anchelotti.


Yakshanba kuni "Everton" Angliya kubogi 3-raundi doirasida "qizillar" bilan mehmonda bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: telegraph.co.uk