Karlo Anchelotti: "Ispaniya chempioni bo'lish uchun 100 ochko kerak"

Tolibjon Qosimov
18 dek 2013, 14:54
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionati haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"La Ligada raqobat juda kuchli. Chempionatni yutish uchun 100 ochko kerak", – deydi Anchelotti.

Dastlabki 16ta turdan so'ng Madrid klubi 38 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. Peshqadamlik qilayotgan "Barselona" va "Atletiko" hisobida esa 43tadan ochko bor.

O'tgan ikki mavsumda chempion bo'lgan "Barselona" (2012/13) va "Real" (2011/12) aynan 100 ochko to'plashgandi. 2010/11 yilgi mavsumda Kataloniya klubi 96 ochko bilan chempion bo'lgandi, 2009/10 yilda esa "Barsa" 99 ochko bilan chempionlikka erishgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru