Karlo Anchelotti: "Di Mariya Ozildan kuchliroq"

Tolibjon Qosimov
8 noya 2013, 18:18
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil haqida gapirib berdi.
54 yoshli italiyalik murabbiyning fikriga ko'ra yarim himoyachi Anxel Di Mariya Ozildan kuchliroq ekan.

– Ozil o'zini bu yerda yaxshi his qilmayotgandi, shu bois boshqa klublar bilan muzokara o'tkazayotganini bilardim, – deydi Anchelotti Onda Cero nashriga. – Mesut klubda raqobat kuchli ekanini, shu sabab har o'yinda maydonga tusha olmasligini bilgandi. Menga ko'proq Di Mariyaning o'yini yoqadi. U Ozildan kuchliroq.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru