Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi
14 may 2026, 23:19
Braziliya futbol konfederatsiyasi Karlo Anchelottining jamoaga murabbiylik qilishda davom etishini e'lon qildi.
Italiyalik mehnat shartnomasini uzaytirdi. Yangi kelishuv 2030 yilgacha mo'ljallangan. Braziliyaliklar JCH-2026ga tayyorgarlik ko'rmoqda. Janubiy Amerika terma jamoasi guruhda Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan kuch sinashadi.