Karlo Anchelotti: "Biz bilan La Liga chempionligi uchun kurashda Barselona" ham, "Atletiko" ham bir xil imkoniyatga ega"

Omonjon To`xtamirzayev
2 yanv 2025, 20:01
Karlo Anchelotti La Liga bosh sovrini uchun kurshda "Real"ning asosiy raqobatchilari haqida gapirdi.

Ayni damda musobaqa jadvali yetakchisi "Atletiko" – 18 o'yinda 41 ochko. "Real" ikkinchi o'rinda bormoqda (18 o'yinda 40 ochko), "Barselona" – uchinchi (19 o'yinda 38 ochko).

– La Ligada g'olib chiqish borasida kimning imkoniyatlarini yuqoriroq baholaysiz? "Atletiko" yoki "Barselona"?
– Ularning ikkisi ham biz uchun birdek raqib. "Real" bilan noyabr yuz bergan holat, "Barselona"da dekabrda kuzatildi.

Istalgan jamoada pasayish davri bo'ladi, lekin keyin siz yana kurashga qaytasiz.

"Barselona" va "Atletiko" biz bilan La Liga chempionligi uchun kurashda bir xil imkoniyatga ega", – dedi "Real" ustozi Karlo Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS