Karlo Anchelotti: "Barselona”ni tabriklayman, ammo keyingi safar chempion biz bo'lamiz"

Omonjon To`xtamirzayev
18 may 2015, 09:52
Madridning "Real" klubi murabbiyi Karlo Anchelotti ham "Barselona"ni chempionlik bilan tabrikladi.
Italiyalik murabbiy "Qirollik klubi"ga 2013 yil kelgandi, avvalgi mavsumda Chempionlar Ligasini yutgan Anchi ichki chempionatda bir bor uchinchi, yana bir marta ikkinchi o'rinni egalladi.

– Albatta, "Barselona"ni va hamkasbim Luis Enrikeni chempionlik bilan qutlab qolaman. –"Real" doimo chempionlik uchun kurash olib boradi, lekin bu safar ishimiz yurishmadi. Mavsumni birinchi yarmini ajoyib o'xshatdik, ikkinchi qismi ko'ngildagidek bo'lmadi va bu yakuniy g'alaba uchun kamlik qildi.

Men nafaqat Chempionlar Ligasida, balki ichki chempionatda ham zafar quchish uchun intilaman. Bu mavsumda bizga chempionlik uchun bir qadam etmay qoldi. Hayot davom etadi va keyingi urunishda biz albatta chempion bo'lamiz.

Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru