Karlo Anchelotti: Barselonaga qarshi o'yinni unutish kerak

Narzulla Saydullayev
24 mar 2014, 08:24
Real ustozi Karlo Anchelotti Barselonadan uchralgan mag'lubiyatdan (3:4) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Biz yaxshi o'yin o'tkazdik, pressing qildik, to'pni nazorat qilishga urindik. Ammo kichik xatolar tufayli mag'lub bo'ldik.

Bugungi o'yinni unutib Sevilyaga qarshi bahs haqida o'ylash kerak, aynan shu o'yin chempionatda hal qiluvchi bo'lishi mumkin.

Chempionlik poygasi? Bir necha marta aytdim: bu so'nggi turgacha davom etadi. Mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilish va oldinga intilishda davom etishimiz kerak, – deydi italiyalik murabbiy.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru