Karlo Anchelotti: "Atletiko" kuchliroq bo'ldi, ular "Real" va "Barselona" bilan chempionlik uchun kurashishadi"

Alisher
28 sen 2024, 22:33
Karlo Anchelotti "Atletiko"ni chempionlik uchun da'vogar deb hisoblaydi.

Murabbiy Diego Simeone jamoasi ertaga La Liga doirasida "Real"ga qarshi o'ynaydi.

"Derbi – doimo o'zgacha narsa. "Atletiko" yaxshi o'yinchilar bilan shartnoma imzolagan holda sezilarli darajada kuchaydi deb o'ylayman.

Ular oxirigacha biz va "Barselona" bilan chempionlik uchun kurashishadi deb hisoblayman", – dedi "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.


AlisherMuallif
Manba: Marca