Karlo Anchelloti Vinisius Juniorning jarohati haqida gapirdi

Alisher
27 avg 2023, 10:01
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelloti hujumchisi Vinisius Juniorning holati haqida gapirdi.

 “Vinisius o'zini noqulay his qila boshladi. U oyog'ida biroz og'riq his qildi. U o'ynashni davom ettirmoqchi edi va shu sababli uning jarohati jiddiy bo'lgan deb o'ylamayman. Menimcha Junior “Xetafe”ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi”,-deb fikr bildirdi Anchelloti. 

Vinisius Junior "Selta”ga qarshi uchrashuvning 18-daqiqasida jarohat olib, alishtirilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com