Karles Puyol: "Jarohatdan keyin ham o'yin uslubim o'zgarmaydi"

Tolibjon Qosimov
24 okt 2013, 18:48
"Barselona" himoyachisi Karles Puyol jarohatin tiklagach, hozirda o'yini qanday his qilayotgani haqida gapirib berdi.
"Men juda og'ir kechgan etti oyni boshimdan o'tqazdim. "Osasuna"ga qarshi o'yinda o'zimni juda yaxshi his qildim. Tizzam ham bezovta qilmadi. Hatto ertasi kungi mashg'ulotlardayam oyog'imdan shikoyat qilmadim. Hatto men kutganimdan ham yaxshiroq hozir holatim. Oldinda esa "Klassiko". Hamma bu o'yinda maydonga tushishni istayapti".

"Menga bildirilgan ishonch uchun murabbiydan minnatdorman. Endi shunga munosib bo'lishga harakat qilaman. O'yin uslubim o'zgarmaydi. Murabbiy ham menga bamaylixotirroq o'ynagin jeb ko'rsatma bergani yo'q", dedi Puyol.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru