
"Roma"ning so'nggi o'yinlardagi natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, rimliklar guruhimizdagi eng xavfli raqiblar. Rudi Garsiya jamoani yaxshi shakllantirishga erishgan. Jamoa 1,5 yildan buyon yuqori saviyada o'ynab kelmoqda. Ertangi o'yin juda qiyin va qiziqarli kechishi aniq. O'ylashimcha, yana ikki turdan so'ng guruhdan kimlar chiqishini aniqlab olamiz. Shu ikkala o'yinda biz guruh g'olibligi masalasini hal etishimiz zarur. Rim Papasi uchrashishimizdan bag'oyatda xursandmiz. Bu taklifni jon deb qabul qildik. Bu o'zgacha uchrashuv bo'lishi aniq. Biz o'zimiz bilan "sovg'a" olib kelganmiz. Nimaligini esa hozircha aytolmayman. Sovg'a "syurpriz"ligicha qolishi kerak.