Karim Benzema: Desham bor ekan, terma jamoa eshiklari men uchun yopiq

Narzulla Saydullayev
13 noya 2017, 08:45
Real hujumchisi Karim Benzema Fransiya terma jamoasi haqida gapirdi.

Albatta, Dide Desham jamoasida o'ynashni istayman. Ajoyib mavsumni o'tkazgan bo'lsam ham Fransiyadagi Yevropa chempionatini o'tkazib yubordim.

Murabbiy bilan hech qanday muammoim yo'q, ammo u ishlar ekan meni termaga chaqirmaydi. Evro-2016dan oldin ham menga hech qanday tushuntirish berishmagandi.

Jahon chempionati? Rossiyaga borishga umid qilayapman. Ammo o'zimni aldagim kelmayapti, axir 2,5 yildan buyon termaga chaqiruv olmayapman, – deydi Benzema.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr