Karikatura: Remsi Ronalduning, Krishtianu esa Jotaning golini "o'g'irladi"

Tolibjon Qosimov
18 noya 2019, 12:32
"Bleacher Report"ning yangi ishini taqdim etamiz.

YCHL 4-turida "Yuventus" Moskvada "Lokomotiv" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. O'shanda Ronalduning jarimadan bergan zarbasidan keyin to'p Gilermening oyoqlariga tegib darvozaga shundoq ham kirib ketayotganda Aaron Remsi unga oyog'ini qo'yib qolgandi va gol Remsiga yozilgandi. Kecha Evro-2020 saralashi doirasida Portugaliya terma jamoasi Lyuksemburg mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahsning 86-daqiqasida Diego Jota tepgan to'pni Ronaldu deyarli darvoza chizig'i ustidan tepdi va gol Krishtianu hisobiga yozildi.

Remsi Ronalduning, Krishtianu esa Jotaning golini "o'g'irladi"


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball