Kapello Xitoy klubini boshqarishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2017
"Real" va Rossiya terma jamoasi sobiq ustozi Fabio Kapello Xitoyning "Czyansu Sunin" klubini boshqarishga rozi bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kapello murabbiylar shtabiga "Yuventus" sobiq futbolchisi Janluka Zambrotta, hamda "Milan" sobiq ustozi Kristian Bokki kiradi. Yaqin vaqt ichida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.

Ayni damda "Czyansu Sunin" Xitoy chempionati turnir jadvalida 8 ochko bilan 15-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport