Kapello: "APLga Messi, Ronaldu, Noyer va Ibragimovich kabi futbolchilar yetishmaydi"

Aslanov Jasurbek
25 mar 2015, 15:18
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapelloning takidlashicha, ingliz klublariga superyulduzlar yetishmaydi.

"Ingliz klublarida inqiroz bor deya o'ylamayman. Ammo APL jamoalari xalqaro arenada muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Bunga sabab Angliyada superyulduzlar yo'qligi. Ularga Ronaldu, Messi, Noyer va Ibragimovich kabi futbolchilar kerak. Masalan, sen o'zingdan kuchsiz raqib bilan tennis o'ynayversang, hech qachon o'smaysan" - deydi Kapello.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com