Kante qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 13:57
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante tizzasidan muolajalarni davom ettirmoqda.

28 yoshli futbolchi keyingi haftadan jamoa mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda. Bu haqda Frenk Lempard matbuot anjumanida gapirib o'tdi.

Ammo fransiyalik yarim himoyachi hozircha bor kuchi bilan mashg'ulot qila olmaydi.

Kante o'tgan mavsumda APLning 36 o'yinida qatnashib, 4 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal