Kante: "YCHLga chiqishni istasak, bugun yutishimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
25 fev 2018, 17:43
"Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante APLning 28-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

"G'alaba qozonishimiz kerak. Ayni damda jadvalning 4-pog'onasidamiz. Agarda keyingi mavsumda YCHLda qatnashishni istasak, bunday muhim o'yinlarda yutishimiz kerak.
Bilamiz, "Manchester Yunayted" tarkibida ajoyib futbolchilar to'p suradi. Biroq bu bahsda taktikalar asosiy rolni o'ynaydi. Ushbu klub bilan o'z maydonimizda yaxshi o'yin namoyish etgandik. Bu safar ham shunday bo'ladi degan umiddaman", - dedi Kante.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru